Mahallalarda xavfsizlikka bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori talablariga muvofiq “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi Toshkent hududiy sho‘basi bosh inspektorlari tomonidan joriy yilning o’tgan 6 oyi davomida
(13 marotaba) mahalla fuqarolar yig‘ini raislari bilan hamkorlikda, mahalla fuqarolari o’rtasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Xususan, 2022-yil davomida temir yo‘l bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator baxtsiz hodisalar kuzatilgan. Baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida, temir yo‘l muhofaza zonasida harakatlanish xavfsizligiga bag‘ishlangan tadbirlarni sifat jihatdan samaradorligini oshirish ishlari muntazam davom etmoqda.
Toshkent shahri, Toshkent va Jizzax viloyatlarining 13 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida temir yo‘lga yaqin yashovchi fuqarolar bilan temir yo‘l izlarini belgilanmagan joyidan kesib o‘tmaslik, temir yo‘lda harakatlanishga to‘sqinlik qilmaslik, shu jumladan fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, temir yo‘l izlarining belgilanmagan joylaridan kesib o‘tish oqibatida bo‘layotgan noxush hodisalarni yuzaga keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan hodisalarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek yig‘ilish qatnashchilariga mahalla hududidan o‘tuvchi yo‘lovchi va yuk poyezdlari yo‘llariga begona jism qo‘ymaslik, vagon oynalariga tosh otmaslik, yosh bolalarni temir yo‘l yaqinida qarovsiz qoldirmaslik, temir yo‘lning belgilanmagan joylaridan kesib o‘tmaslik, piyodalar o‘tishi uchun mo‘ljallangan joylardan o‘tishlari, yo‘lovchi va yuk poyezdlarining harakatlanishi uchun o‘rnatilgan elektr tarmoqlarida 27500 volt kuchlanishdagi elektr toki borligi, bu esa inson hayoti uchun o‘ta xavfli ekanligi tushuntirildi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Toshkent hududiy sho‘basi