Maktabda targ‘ibot ishlari o‘tkazildi

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi Farg‘ona hududiy sho‘basi boshlig`i B.T.Xojiboyev,  Farg`ona viloyati transportda xavfsizlikni  ta`minlash boshqarmasi profilaktika inspektori - leytenant  Sh. Ummatov, Qo‘qon elektrta’minoti korxonasi 22-sonli uchastka boshlig`i A.A. Matkarimovlar  2023-yil 23-may kuni  Qo‘qon shahar 7-o‘rta  maktabning o‘quvchilari bilan uchrashib "Temir yo‘l xavfli hudud" mavzusida  targ‘ibot ishi olib borishdi. Yig‘ilishda maktab direktori, o‘qituvchi va o‘quvchilar jami 120 nafar odam ishtirok etdi.

Yig‘ilish qatnashchilariga 2023-yilning 29-aprel kuni Asaka-Quva temir yo‘l stansiyalari oralig‘ida 2020-yilda tug‘ilgan Abdilxamidov Umarjon Axmadjon o‘g‘li  hamda 2023-yilning 16-may kuni Qo‘qon-Buvayda temir yo‘l stansiyalari oralig‘ida 2020-yili Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan Shamsiddinov Jamoliddin Azamat o‘g‘li  temir yo‘l bo‘yida maktab yoshidagi aka-opalarini qarovsiz qoldirishi natijasida harakatdagi poezdlar urib yuborishi natijasida vafot etganligini, bundan tashqari 2023-yilning aprel va may oylarida va “Furqat” temir yo‘l stansiyalarida maktab o‘quvchilari 10-11-yashar o‘g‘il bolalar Oltiariq temir yo‘l ko‘prigi ustida hamda “Furqat” stansiyasida to‘xtab turgan vagonni ustiga chiqib selfi (rasmga) tushmoqchi bo‘lganlarida 27,5 kV kuchlanish urishi oqibatida og‘ir turdagi tan jarohati olganigini to`g`risida ma`lumot berildi va bolalarga temir yo‘l xavfli hudud ekanligi tushuntirib o‘tildi. 

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Farg`ona hududiy sho‘basi