Masofaviy profilaktika tadbiri mazmunli o‘tdi

2023-yil 10-may kuni “Qarshi MTU” UKning Qarshi (PCh-12) va Qashqadaryo temir yo‘l ta’mirlash korxonalari (PCh-14) rahbarlari hamda yo‘l ustalari, stansiya boshliqlari bilan hamkorlikda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha videokonferensiya aloqa orqali masofaviy profilaktika tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda 31 nafar temir yo‘lchi xodimlar ishtirok etishdi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda 2023-yilning 1-choragi davomida yo‘l qo‘yilgan harakat xavfsizligining buzilish holatlari va temir yo‘l kesishmalarida sodir etilgan hodisalari hamda temir yo‘llarda insonlar bilan ro‘y bergan baxtsiz holatlarning tahlili, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 19-aprelda 3363-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalari”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81 son “Korrupsiyaga qarshi kurash ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori, temir yo‘llarni, strelkali o‘tkazgichlarini va temir yo‘l qurilmalarini saqlash zarar yetqazmaslik hamda temir yo‘llarda xavfli yuklarni tashishda harakat xavfsizligini ta’minlash kabi qator masalalar ko‘rib chiqildi.

 “O‘ztemiryo‘lnazorat” inpeksiyasi
Qashqadaryo hududiy sho‘basi