Konstitutsiya o‘zimizniki!

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha referendum oldi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Kuni kecha, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 687 yilligi nishonlangani “Yangilanayotgan bosh qomusimiz” uchun ham ramziy ma’noga ega.

Shu munosabat bilan, bugun “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasida “Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad, inspeksiya xodimlariga Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirish, yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar haqida batafsil ma’lumot berish bilan birga referendum tartib-qoidalari bilan ham yaqindan tanishtirishdan iborat.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti bilan birgalikda tashkil etilayotgani alohida e’tiborga molikdir. Ushbu tadbirda falsafa fanlari doktorlari PhD Abdug‘affor Tolipov, PhD Nodira Rasulova, PhD Maxsatullo Maxsadovlar, shuningdek, inspeksiya markaziy apparati xodimlari hamda hududiy bo‘linmalarning barcha inspektorlari va xodimlari ishtirok etdi.

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi