9 fevral-Alisher Navoiy tavallud topgan kun

 

Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan har yili 9-fevral sanasi yurtimizda katta shodiyona sifatida bayramona kayfiyatda nishonlanib kelinadi. “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasida ham bugungi ma’rifiy tadbir mazkur sanaga bag‘ishlab o‘tkazildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi.

Ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, millionlab kitobxonlar qalbidan munosib o‘rin egallagan.

Tadbirda shoirning tarixi va adabiyotga qo‘shgan ulkan ezgu ishlari to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Alisher Navoiy umri davomida o‘zbek xalqi va madaniyati manfaati uchun tinmay mehnat qildi, durdona asarlar yaratgani, bir so‘z bilan aytganda, yurt ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida beqiyos hissa qo‘shgani ta’kidlab o‘tildi. 

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiya
Axborot xizmati