2022 yilda inspeksiyada ishlab chiqilgan normativ hujjatlar

Temir yo‘llarda tashishlar xavfsizligini ta’minlashga oid normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda ularni takomillashtirishga doir takliflar kiritish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.

Inspeksiya tomonidan yakunlangan yilda jami 9 ta temir yo‘llarda tashishlar xavfsizligini ta’minlashga oid normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 11 ta hujjat ishlab chiqildi. Bu borada 2021 yildagi natija (10 ta) ham yaxshilanishiga erishildi. Jumladan:

1.O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining “O‘zbekiston Respublikasi sanoat temir yo‘l transporti teplovozlaridan joriy foydalanish va ishchi holatda saqlash bo‘yicha Yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi burug‘i loyihasi;

2.O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining “O‘zbekiston Respublikasi sanoat temir yo‘l transportining temir yo‘l yuk tortish agregatlaridan joriy foydalanish va ishchi holatda saqlash bo‘yicha Yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida” buyrug‘i;

3.O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida maxsus o‘ziyurar harakat sostaviga texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida” buyrug‘i loyihasi va unga tegishli tahliliy materiallar;

4.Transport vazirining 2022 yil 9 iyundagi “Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 7-son buyrug‘i bilan tasdiqlandi va Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 27 iyulda 3376-son bilan ro‘yxatga olindi;

5.Inspeksiya boshlig‘ining “Temir yo‘l transportida tashishlar xavfsizligi ta’minlanishi yuzasidan o‘tkazilgan davlat nazorati natijalarini tahlil va monitoring qilish bo‘yicha ekspert guruhining nizomini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i ishlab chiqildi hamda tasdiqlandi;

6.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 apreldagi “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-204-sonli qaroriga muvofiq Transport vazirligi bilan birgalikda “Ajratilgan mintaqa va muhofaza zonalari va chegaralarida temir yo‘l transporti yerlarining o‘lchamini belgilash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” Transport vazirining buyrug‘i loyihasi;

7.O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining “Temir yo‘l transporti xodimlarining reys oldi va smena oldi tibbiy ko‘rigini tashkil etish va o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlandi va Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 30 sentabrda 3390-son bilan ro‘yxatga olindi;

8.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Temir yo‘l transporti harakat xavfsizligi sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartib-taomillarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi.

9.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yo‘l tarkibi xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” qarori loyihasi qonunchilikda muvofiqlikni baholash bo‘yicha kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq qayta ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 setyabrdagi 537-sonli qarori qabul qilindi.

10.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son qarorga asosan inspeksiya boshlig‘ining “Inspeksiya xodimlari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash haqida”gi buyrug‘i bilan “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi xodimlarining odob-axloq qoidalari hamda “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi nizom loyihalari;

11.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining  “Nazorat  qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 19 oktabrdagi 611-son qarori ijrosini  ta’minlash  maqsadida  “O‘zbekiston Respublikasi  Transport  vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasida “xavfni tahlil etish” tizimi orqali tekshiruvlarni tashabbus qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” buyrug‘i loyihasi ishlab chiqildi.

Shuningdek, 2022 yil davomida vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan hamda inspeksiyaga ko‘rib chiqish va kelishish uchun taqdim etilgan jami 79 ta normativ-huquqiy va texnik normativ hujjatlar loyihalari o‘rganib chiqilib, inspeksiyaning taklif va e’tirozlari taqdim etilgan.

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati