Profilaktik tadbirlarda 800 nafardan ziyod xodimlar ishtirok etishdi

Hozirgi kunda yurtimizda transport sohasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda, ayniqsa temir yo‘llar atrofidagi zamonaviy infratuzilma, xalqaro andozadagi  servis xizmatlari, yurtimizning ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shib turgan temir yo‘l vokzallari hech kimni befarq qoldirmaydi. Bu keng ko‘lamdagi  bunyodkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yo‘lovchilarning uzog‘ini yaqin qilish, xalqaro talablarga mos servis xizmatlarini kengaytirish  va harakat xavfsizligini ta’minlashdir.

Harakat xavfsizligini ta’minlash va ehtimoliy xavflarni oldini olish maqsadida “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining Toshkent filiali tomonidan olib borilgan profilaktik ishlar o‘z ijobiy natijasini bermoqda. Ya’ni yuqori tezlikda harakatlanuvchi uchastkalarida, temir yo‘l bekatlarida va o‘zining temir yo‘l shaxobchalariga ega bo‘lgan korxonalarda, poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 3 choragi davomida 155 dan ortiq profilaktik ishlar, bundan tashqari seminarlar o‘tkazildi va ularda jami 800 nafardan ziyod temir yo‘l sohasi xodimlari qatnashdi. Shu jumladan “Toshkent-Jizzax” yuqori tezlikda harakatlanuvchi uchastkasida 35 ta profilaktik ishlari olib borildi va ularda jami 209 nafar ishchi xodimlar ishtirok etdi. O‘tkazilgan profilaktik ishlarda ehtimoliy xavflarni oldi olinishi yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi hamda xodimlarning huquqiy bilimi mustahkamlandi.

O‘z navbatida shuni alohida ta’kidlash joizki, joriy yilning 3 choragi mobaynida inspeksiyaning Toshkent filiali hududiga qarashli bo‘lgan temir yo‘l transportida yo‘l qo‘yilgan nuqson holatlari o‘tgan yilga shu davriga nisbatan 56% miqdorida kamayishiga erishildi. O‘tgan yilining 3 choragida 124 ta holat qayd qilingan bo‘lsa 2022 yilning shu davrida 55 ta holatga yo‘l qo‘yilgan.

Bundan tashqari “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati, Transportdagi Ichki ishlar idoralari xodimlari, viloyatlar va tumanlar ichki ishlari xodimlari bilan  birgalikda yuqori tezlik temir yo‘l liniyasi atrofida yashovchi aholi punktlarida, o‘quv muassasalarida, korxona, tashkilot va muassasalarda temir yo‘l infratuzilmasi moddiy resurslarini saqlash, xavfsizlik talablariga rioya qilish yuzasidan suhbatlar, tushuntirish va profilaktika ishlari  muntazam tashkil etib kelinmoqda. 

Nodir Valiev 
“O‘ztemiryo‘lnazorat”  inspeksiyasi
Toshkent filiali boshlig‘i