Qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish ishlari qanday davom etmoqda?
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 30 apreldagi PF-6218-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 11-yanvardagi 10-son farmoyish bilan inspeksiya faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun malakali mutaxassislar tarkibidan ishchi guruh shakllantirilgan.
Mazkur ishchi guruh tomonidan inspeksiya faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish ishlari inspeksiya boshlig‘i tomonidan 2022-yil
18-yanvarda tasdiqlangan “O‘ztemiryo‘lnazorat”inspeksiyasining faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini birlashtirish orqali tizimlashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha reja-grafik asosida olib borilmoqda. Xususan:
amaldagi normativ-huquqiy hujjatlardagi “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining faoliyatiga doir normalarni aniqlash hamda qonunchilik hujjatlarining holatini, loyihani tartibga solish predmeti bo‘yicha qo‘llanish amaliyotini o‘rganish yuzasidan quyidagi masalalarni tartibga soluvchi normalar aniqlandi:
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi, shu jumladan nomining o‘zgarishi;
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining vazifa va funksiyalari;
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining va uning tuzilmalarining huquqlari va javobgarligi;
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi rahbarlarining asosiy funksional vazifalari;
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi faoliyatiga doir maqsadli (sifat va miqdor) indikatorlarini hamda faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlarini belgilash, ;
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi rahbarlarining javobgarligi;
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining faoliyatini tashkil etish;
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish;
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining hisobdorligi;
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi;
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining markaziy va hududiy organlarining tuzilmasi;
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining faoliyatiga doir boshqa masalalar.
Normativ-huquqiy hujjatlardagi aniqlangan mazkur normalarni inspeksiya to‘g‘risidagi nizom bilan birlashtirishning maqsadga muvofiqligi o‘rganildi. Tizimlashtirish ishlari reja asosida davom etmoqda.
“O`ztemiryo`lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati