Tanlov g‘olibi aniqlandi

Inspeksiyaning Farg‘ona hududiy filiali tashishlar xo‘jaligi bo‘yicha bosh inspektori vakant lavozimi uchun e’lon qilingan ochiq mustaqil tanlov bir nechta  bosqichda o‘tkazildi.  2022-yil 24-avgustdan 2-sentabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda e’lon qilingan ochiq mustaqil tanlovda ishtirok etish uchun 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi elektron ro‘yxatdan o‘tdi.

Saralash bosqichi yakuniga ko‘ra jami 8 nafar nomzoddan 4 nafari malaka talablariga mos kelmasligi aniqlandi. Test sinovlarida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan yana bir nafar talabgor o‘z nomzodini bekor qildi. 2022-yil 9-sentabr kuni 3 nafar nomzod tanlovning test bosqichida ishtirok etdi.  Jarayon internet orqali real vaqt rejimida onlayn namoyish etildi. Agentlikning Farg‘ona viloyati filialida o‘tgan test sinovlaridan 2 nafar nomzod muvaffaqiyatli o‘tib, tanlovning keyingi – suhbat bosqichiga yo‘l oldi. Suhbat bosqichida ham o‘zidan ijobiy taassurot qoldirgan Omonov Voxidjon Akromovich tanlov g‘olibi deb topildi va u bilan mehnat shartnomasi tuzildi.

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati