Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasiga joriy yil 9 oyi davomida jami 231 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 218 tasi bevosita inspeksiyaga, 13 tasi esa Virtual qabulxona orqali kelib tushgan. Bevosita inspeksiyaga kelib tushgan 218 ta murojaatlarning 180 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 32 tasiga tushuntirishlar berilgan. 5 ta murojaat esa tegishligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan. Ko‘rmasdan qoldirilgan va rad etilgan murojaatlar mavjud emas. Virtual qabulxona orqali kelib tushgan 13 ta murojaatlarning 5 tasiga tushuntirish berilgan hamda 7 ta murojaat tegishligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan hamda murojaatchilariga bu haqda yozma axborot berilgan. Barcha murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida o‘rganib chiqilib, belgilangan tartibda ijrosi ta’minlangan.

Inspeksiyaning markaziy apparati va filiallarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ish yuritish masalalari muntazam monitoring qilib kelinadi. Jumladan, hududiy filiallarda xodimlarning huquqiy bilimini mustahkamlash, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash holati joylarga chiqqan holda o‘rganildi ham tegishli tavsiyalar berildi.

Hisobot davrida Buxoro, Nukus, Navoiy shaharlarida shaxobcha temir yo‘liga ega tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirokida sayyor uchrashuvlar o‘tkazilgan. Uchrashuvlarda tushgan og‘zaki murojaatlarga joyida tushuntirish berildi.  

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati