Inspeksiya xodimlarining jismoniy faolliklari oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoniga asosan davlat organlari va tashkilotlarida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida «Sport targ‘ibotchisi» faoliyatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Inspeksiya xodimlarining jismoniy holatlarini mustahkamlash, sport bilan muntazam shug‘ullanishlariga keng sharoit yaratish maqsadida Bosh iqtisodchi Avaz Kamolovga qo‘shimcha vazifa yuklandi hamda “Sport targ‘ibotchisi” etib tayinlandi.

Rejaga muvofiq har bir xodim yoshi, jismoniy imkoniyatiga qarab sport bilan qamrab olinadi. Inspeksiya kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda IV chorakda xodimlar o‘rtasida shaxmat, shashka, stol tennisi, armrestling bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, dam olish kunlari futbol o‘yinlari tashkil etilishi ham ko‘zda tutilgan.

Inspeksiyadagi barcha sport tadbirlari va ularning tafsilotlari bilan rasmiy sahifalarimiz orqali tanishtirib boramiz.

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati