Yangi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi

2022-yil 8-avgustda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-788-son Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha Respublikamiz bo‘ylab targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Eng avvalo ushbu Qonunni davlat xizmatchilari chuqur anglab, yetishlari muhim ahamiyat kasb etadi. “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasida tashkil etilgan navbatdagi o‘quv seminarida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi vakili, Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Hamidulla Qo‘chqorov ishtirok etdi va batafsil tushuntirish berdi.

Ma’ruzachi Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirar ekan, quyidagi:

davlat fuqarolik xizmati bo‘yicha normativ hujjat qabul qilinishi masalasi ilk bor qachon ko‘tarilgani, uning sababi va ahamiyati;

Qonunning qabul qilinishi, sanasi, kuchga kirishi, tarkibi, amal qilish doirasi, davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari;

davlat fuqarolik xizmati sohasida vakolatli organ;

davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi, huquq va majburiyatlari, ish vaqti, yillik asosiy ta’til muddati;

davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda odob-axloq qoidalari;

davlat fuqarolik xizmatiga kadrlarni tanlab olish, ish, xizmatni o‘tash va tugatish;

intizomiy jazo choralarini qo‘llash hamda rag‘batlantirish tartibi;

davlat fuqarolik xizmatchilarining salohiyatini oshirish  kabi masalalar ustida batafsil tushuntirish berib o‘tdi.

10 bob va 64 moddadan iborat mazkur Qonunning har bir moddasiga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati