Munosiblar saralanmoqda
Inspeksiyaning Farg‘ona hududiy filiali tashishlar xo‘jaligi bo‘yicha bosh inspektori vakant lavozimi uchun e’lon qilingan ochiq mustaqil tanlovning test sinovlari bosqichi ortda qoldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda inspeksiyaning Farg‘ona hududiy filialining tashishlar xo‘jaligi bo‘yicha bosh inspektori vakant lavozimi uchun 2022-yil 24-avgustdan 2-sentabrgacha e’lon qilingan ochiq mustaqil tanlovda ishtirok etish uchun 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi elektron ro‘yxatdan o‘tdi. Saralash bosqichi yakuniga ko‘ra jami 8 nafar nomzoddan 4 nafari malaka talablariga mos kelmasligi aniqlandi. Test sinovlarida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan yana bir nafar talabgor o‘z nomzodini bekor qildi.
2022-yil 9-sentabr kuni 3 nafar nomzod tanlovning test bosqichida ishtirok etdi. Jarayon internet orqali real vaqt rejimida onlayn namoyish etildi. Agentlikning Farg‘ona viloyati filialida o‘tgan test sinovlaridan 2 nafar nomzod muvaffaqiyatli o‘tib, tanlovning keyingi – suhbat bosqichiga yo‘l oldi. Tanlovning suhbat bosqichi 2022 yil 16 sentabr kuni soat 10:00 o‘tkazilishi belgilangan.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati