Huquqiy bilimlar kuni o‘tkazildi

Bu galgi o‘quv seminarida sohaga oid qonunchilik hujjatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va rejalar, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini mazmun-mohiyati to‘g‘risida inspeksiyaga xodimlariga tushuntirish berildi.

Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Mazkur Nizom talablari asosida inspeksiya vakolatlariga alohida urg‘u berildi.

Shuningdek, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq davlat fuqarolik xizmatchisining huquq va majburiyatlari, javobgarligi hamda davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlarning huquqiy asoslari tushuntirildi. Davlat xizmatchilarga yangi Qonunda belgilangan imtiyozlar, kafolatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi yangi normalar haqida ham axborot berildi.

Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodim tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori (2022 yil 31 avgustda 3383-son bilan Adliya ro‘yxatdan o‘tkazilgan) va mazkur qaror bilan tasdiqlangan Uslubiyot inspeksiya va hududiy bo‘linmalari xodimlariga tanishtirildi.

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati