Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni ...

 Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarning faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6247-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash borasida ochiq ma’lumotlar portali va inspeksiyaning rasmiy veb-sayti sahifasiga ma’lumotlar joylashtirib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda inspeksiya tizimida korrupsiyaga  qarshi ichki nazorat tizimini joriy etishning ustuvor vazifalarini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirish maqsadida Agentlik tomonidan ishlab chiqilib tavsiya etilgan, BMT TDning “O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi bilan birgalikda ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi standartlardan kelib chiqib, inspeksiyada korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etuvchi ichki idoraviy hujjatlar ishlab chiqilib qabul qilingan.

Jumladan, inspeksiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Siyosati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash Uslubiyoti, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha Nizom, aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy hatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish Reglamenti, etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha, kontragentlarni tekshirishga oid va ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo‘yicha Yo‘riqnomalar, Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish Uslubiyoti, korrupsiyaga qarshi kurash tizimining holati to‘g‘risidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish bo‘yicha Nizom hamda korrupsiyaviy hatti-harakatlari va odob-axloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazish bo‘yicha Reglamenti inspeksiya boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga muvofiq tasdiqlandi.

Buyruq bilan mazkur tasdiqlangan ichki idoraviy hujjatlar talablari egallab turgan lavozimi va bajarayotgan funksiyasidan qat’iy nazar inspeksiyaning barcha xodimlari uchun birdek amal qilishi belgilab qo‘yilgan.

2022-yil I-yarim yillik davomida Inspeksiya tizimiga ishga kirish uchun nomzodlar ustidan 2 marotaba tekshiruvlar o‘tkazilgan. Inspeksiyaning markaziy apparatiga 2 nafar boshqaruv xodimi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorligida e’lon qilingan mustaqil, ochiq tanlov asosida ishga qabul qilindi. Nomzodlarning muqaddam ishlagan joylaridan tavsifnomalar olindi. Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali inspeksiyaning shaxsiy kabinetida nomzodlarning ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi, narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi, sudlanmaganlik haqida ma’lumotlari tekshirilgan.

Inspeksiya xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy bilimi darajasini oshirish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishini ta’minlash maqsadida har chorakda
12 nafar boshqaruv xodimini malakasini oshirib borilmoqda.

Inspeksiyada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida tezkor xabar berish imkoni beruvchi aloqa kanallari, maxsus axborot portali, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, Inspeksiyaning rasmiy sayti (“rwnadzor.uz”), telegram kanali (“https://t.me/Uztemiryulnazorat”), ijtimoiy tarmoqda o‘z sahifasi (“https://www.facebook.com/Uztemiryolnazorat-inspeksiyasi-100865232225626/”)  mavjud.

Korrupsion holatlar haqida xabar berish uchun elektron pochta manzili: (antikorrupsiya@rwnadzor.uz) hamda qayta aloqa boti (“@axborot_xizmati_rwnadzor_bot”) tashkil qilingan.

Hisobot davrida inspeksiya xodimlarning korrupsiyaviy xatti-harakatlari, manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiyaga qarshi boshqa qonunbuzarliklar bilan bog‘liq masalalar to‘g‘risidagi aloqa kanallari orqali murojaat yoki xabarlar kelib tushmagan.

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati