Kadrlarni saralab olish ochiq va shafof tizim asosida amalga oshirilmoqda

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda  Farg‘ona hududiy filialining tashishlar xo‘jaligi bo‘yicha bosh inspektor vakant lavozimi uchun 2022-yil 20-iyuldan 30-iyulgacha ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi. E’lon inspeksiya rasmiy telegram kanali va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida joylashtirildi. Belgilangan muddat davomida tanlovda ishtirok etish xohishini bildirgan 2 nafar nomzod elektron tarzda ariza yuborgan. 

Inspeksiya ishchi organi nomzodlarni o‘rganib chiqib, quyidagi sabablarga asosan tanlovni qayta o‘tkazish bo‘yicha xulosaga kelgan. Nomzodlardan biri mutaxassisligi to‘g‘ri kelmagan bo‘lsa, ikkinchi nomzod malakaviy talablarda ko‘rsatib o‘tilgan yetarli ish stajiga ega bo‘lmagan. Shu sababli  2022-yil 2-avgustdan 12-avgustgacha ochiq mustaqil tanlov 2-bor e’lon qilindi. Unda jami 11 nafar nomzod tanlovda ishtirok etish uchun elektron ariza yuborgan. Ishchi guruh o‘rganishi davomida 1 nafar nomzod tanlovda ishtirok etishni rad etgan. 8 nafar nomzod mutaxassisligi, temir yo‘l sohasida tashishlar yo‘nalishi bo‘yicha yetarli ish stajiga ega bo‘lmaganligi bois malaka talablariga javob bermasligi aniqlangan. Ochiq tanlovning dastlabki saralash bosqichidan 2 nafar nomzod keyingi test bosqichiga yo‘l oldi.

Tanlovning test bosqichi 2022-yil 23-avgust sanasida soat 10:00da o‘tkazishni belgilangan. Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida tanlovning test va undan keyingi suhbat bosqichlari real vaqt rejimida inspeksiya rasmiy sahifalari orqali onlayn translyatsiya qilinadi. Barcha nomzodlarga omad tilaymiz.

 “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati