Huquqiy bilimlar kuni o‘tkazildi
Inspeksiya xodimlarning huquqiy bilim va malakalarini mustahkamlash, tashkilotga kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida har oy “Huquqiy bilimlar kuni” tashkil etilmoqda. O‘quv seminarda markaziy apparat va filiallar xodimlari sohaga oid va boshqa yangi qabul qilingan normativ hujjatlar bilan slayd va infografikalar orqali tanishib bormoqdalar. Bugungi seminarda yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining “Temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (27.07.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3376) to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Bundan tashqari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha inspeksiyada qabul qilingan ichki hujjatlar va amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida mas’ul xodim to‘xtalib o‘tdi. Inspeksiya barcha xodimlari qabul qilingan ichki hujjatlar talabiga qat’iy rioya qilishlari, manfaatlar to‘qnashuviga olib keluvchi holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari lozimligi ta’kidlandi. Korrupsion holatlar guvohi bo‘lib qolganda yoki xabardor bo‘lganda zudlik bilan inspeksiya rahbariyati va mas’ul xodimga bildirishlari kerakligi qayd etildi.
Shuningdek, hafta davomida qabul qilingan qonun va qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi. Ijro intizomini ta’minlash va bu boradagi ishlarni yanada mustahkamlashga bag‘ishlangan slayd yig‘ilganlarga namoyish etildi. Xodimlardan tushgan savollarga asoslangan javoblar berildi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati