Sog‘ tanda sog‘lom aql

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, inspeksiya xodimlari o‘rtasida turli sport turlaridan musobaqalar o‘tkazib kelinadi. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi tashabbusi tashkil etilgan navbatdagi tadbir Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Yoshlar” oromgohida bo‘lib o‘tdi. Vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlari xodimlari  sportning stol tennisi, shaxmat, shashka, voleybol, basketbol, futbol kabi turlarida o‘zaro kuch sinashishdi. Bu kabi musobaqalar hadisini olgan xodimlarning o‘zaro raqobati murosasiz va qizg‘in ko‘rinish oldi. Har bir yo‘nalishda g‘oliblik uchun da’vogarlarning ko‘pchilikni tashkil etgani bahslarga o‘ziga xos joziba baxsh etdi.

Musobaqalar va umuman tadbir yuqori saviyada tashkil etilgan, - deydi G.Jalolova. Men shashkada o‘z imkoniyatimni sinovdan o‘tkazib oldim. Finalga chiqish nasib etmagan bo‘lsada, ishtirokimdan ko‘nglim to‘ldi. Bahslar murosasiz o‘tayotgan bo‘lsada, barcha hamkasblar o‘zaro samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda qatnashishdi. Asosiysi, sog‘lig‘imizni mustahkamlab oldik.

Musobaqa tashkilotchilari tomonidan g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. .

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati