Qashqadaryo filialida o‘tkazilgan seminar tafsilotlari
Inspeksiyaning Qashqadaryo hududiy filiali bosh inspektorlari tomonidan harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida profilaktik tadbirlar davom etmoqda. Navbatdagi tadbir Qarshi stansiyasida o‘tkazildi. Unda aloqa va signallashtirish xo‘jaligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Elektrlashtirilgan markaz qurilmalarida yuzaga keladigan nosozliklarni bartaraf etish choralari o‘rganildi. Seminarda qatnashgan aloqa va signallashtirish xo‘jaligi xodimlari ishtirokida 2022-yilning ortda qolgan 6 oyi davomida harakat xavfsizligida yo‘l qo‘yilgan nuqsonli ishlar sabablari muhokama qilindi va mazkur holatlarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Signallashtirish, markazlashtirish va blokirovkalash (SMB) qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnoma talablari tushuntirildi. Seminar mashg‘ulotlari davomida temiryo‘lchilar sohaga oid qonunchilik hujjatlari bilan ham tanishtirilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati