Inspeksiyaning iyul oyi uchun nazorat va profilaktik tadbirlar rejasi tasdiqlandi
Joriy oy davomida inspeksiyasi xodimlari tomonidan faoliyati temir yo‘l transporti bilan bog‘liq bo‘lgan 19 ta tashkilotda nazorat tadbirlari o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlari uchun ma’muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlarni o‘tkazishga qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilishini oldini olish maqsadida profilaktika tadbirlari belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Markaziy apparat xodimlari “Chirchiq transformator zavodi” va “Angren issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatini, filiallar o‘z hududlaridagi korxonalarda nazorat tadbirlarini o‘tkazishadi. Tekshirishlar yakuniga ko‘ra harakat xavfsizligiga xavf soluvchi kamchiliklar aniqlanganda kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida bajarilishi majburiy bo‘lgan Ko‘rsatma kiritiladi.
Shuningdek, temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini ta’minlash, ehtimoliy xavflarni oldini olish maqsadida oy davomida 150 ta profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur tadbirlarda korxona va tashkilotlarning temir yo‘l transporti xodimlariga sohaga oid qonunchilik hujjatlari, ulardagi yangiliklar va ularning amaliyotda qo‘llanishi borasida tushuntirishlar olib boriladi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati