Buxoro filialida amalga oshirilgan ishlar!

 

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi Buxoro filiali xodimlari tomonidan 2022 yil may oyida 4 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, 154 ta kamchiliklar aniqlandi. Ularning 63 tasi harakat xavfsizligiga xavf soluvchi kamchiliklardir.  Kamchiliklarni bartaraf etish uchun inspeksiya tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritildi. Bu kabi kamchiliklarni kamaytirish va ehtimoliy xavflarni oldini olish maqsadida 55 ta profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Seminar mashg‘ulotlarida 400 nafardan ziyod temir yo‘l transporti mas’ul xodimlari ishtirok etib, o‘z bilim va malakalarini mustahkamlab olishdi.  Tadbirlarning 4 tasi shaxobcha temir yo‘liga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarida tashkil etildi. Ishchi-xodimlarga normativ hujjatlar mazmun-mohiyati va ulardagi yangiliklar batafsil tushuntirildi.

Tezyurar va yuqori tezlikdagi yo‘lovchi poezdlari harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida yuqori tezlikdagi Jizzax-Maroqand-Buxoro uchastkalarida hisobot davrida 18 marotaba profilaktika tadbirlari amalga oshirildi.

Tizimli ravishda olib borilayotgan ishlar natijasida harakat xavfsizligining buzilish holatlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamaydi. Ayni kunlarda har bir xo‘jalik bo‘yicha profilaktik ishlar tasdiqlangan reja asosida davom etmoqda.  

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati