Inspeksiyaning iyun oyi rejasi tasdiqlandi
Joriy oy davomida “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan faoliyati temir yo‘l transporti bilan bog‘liq bo‘lgan 17 ta korxonada nazorat tadbirlari o‘tkaziladi. Markaziy apparat xodimlari “O`zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatini tekshirishsa, filiallar o‘z hududlaridagi korxonalarda nazorat tadbirlarini o‘tkazishadi.
Shuningdek, temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini ta’minlash, ehtimoliy xavflarni oldini olish maqsadida 150 ta profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur tadbirlarda korxona va tashkilotlarning temir yo‘l transporti xodimlari bilim va malakalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘lishadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlari uchun ma’muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlarni o‘tkazishga qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilishini oldini olish maqsadida profilaktika tadbirlari belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati