“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi bayonoti
Temir yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, ehtimoliy xavflarni oldini olish maqsadida “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi xodimlari tomonidan nazorat va profilaktik tadbirlar tizimli ravishda olib borilmoqda. Ammo, tahlillar temir yo‘l kesishmalarida, temir yo‘l atrofida fuqarolarning e’tiborsizligi natijasida chorva-mollari bilan bog‘liq turli ko‘ngilsizliklar kuzatilayotganini ko‘rsatib turibdi. Jumladan, temir yo‘llarning taqiqlangan hududida chorva mollarini boqish va buning natijasida katta tezlikdagi poezdlarning jonivorlarni urib ketishi harakat xavfsizligiga xavf tug‘dirmoqda. Joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida 26 ta holat qayd etilgani chorva bilan shug‘ullanuvchilardan yanada e’tiborli bo‘lish va belgilangan hududda chorva mollarini boqish lozimligini bildiradi.
Shu o‘rinda eslatib o‘tmoqchimiz, temir yo‘ldan ot-arava haydab o‘tish va chorva mollarni haydab o‘tish, chorva mollarni temir yo‘l yaqinida boqish qoidalarini buzish O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Temir yo‘l atrofida istiqomat qiluvchi aholi va barcha fuqarolarimizdan qoidalarga qat’iy amal qilishga va yuz bergan ko‘ngilsiz holatlardan to‘g‘ri xulosa chiqarishga chorlab qolamiz.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
axborot xizmati