Inspeksiyaning Farg‘ona filiali faoliyati
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi Farg‘ona filiali xodimlari tomonidan temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida nazorat va profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Aprel oyi davomida faoliyati temir yo‘l transporti bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarida 4 ta nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Tekshirishlar davomida 113 ta, shu jumladan 40 ta harakat xavfsizligiga xavf soluvchi kamchiliklar aniqlandi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida korxonalarga inspeksiya tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan 4 ta ko‘rsatmalar kiritildi.
Filial inspektorlari tekshirishlar bilan bir qatorda temir yo‘l xodimlarning bilim va malakalarini mustahkamlash, ehtimoliy xavflarni oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazishmoqda. Yakunlangan oy davomida 51 ta profilaktik tadbirlar tashkil etildi. Tadbirlarda faoliyati temir yo‘l transporti bilan bog‘liq bo‘lgan 300 nafardan ziyod xodimlar ishtirok etishdi. O‘tkazilgan profilaktik tadbirlarning 8 tasi shaxobcha temir yo‘liga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida o‘tkazildi. Inspektorlar har bir xo‘jalik bo‘yicha normativ-hujjatlardagi talablarni tushuntirib, kerakli tavsiyalarni berishdi. Olib borilgan nazorat va profilaktik tadbirlar natijasida aprel oyida Farg‘ona filialida harakat xavfsizligining buzilish holatlari kuzatilmadi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati