Profilaktika davomida manzilli huquqiy-targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

 

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Inspeksiya o‘zining soha faoliyatiga tegishli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni hududlarda targ‘ibot qilib, korxona va tashkilotlarda, temir yo‘l o‘tgan hududlarda yaqin masofada istiqomat qiluvchi aholi o‘rtasida ularning mazmun-mohiyatini tushuntirib boradi.

Orolbo‘yi hududiy filiali bosh inspektorlari tomonidan “Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligining ta’minlash, temir yo‘llardan uy hayvonlarini olib o‘tish va temir yo‘l kesishmalaridan avtotransportda kesib o‘tish qoidalari” mavzusida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi hududida joylashgan tadbirkorlik sub’ektlarida, korxonalarda va ta’lim muassasalarida profilaktika tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan, Qo‘ng‘irot tumanidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida manzilli huquqiy-targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda temir yo‘llardan kesib o‘tishda belgilangan talablar, barcha rioya qilish lozim bo‘lgan qoidalar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, tegishli qoidalarga amal qilmaslik oqibatlari va javobgarlik turlari hayotiy misollar yordamida tushuntirildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan temir yo‘l sohasi bilan bog‘liq savollarga batafsil javob berildi.

 “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati