Profilaktik tadbirlar o‘z samarasini bermoqda

 

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi Toshkent filiali xodimlari tomonidan temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning dastlabki choragida faoliyati temir yo‘l transporti bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarida 10 ta nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Tekshirishlar davomida 234 ta, shu jumladan 109 ta harakat xavfsizligiga xavf soluvchi kamchiliklar aniqlandi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida korxonalarga inspeksiya tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritildi va ijrosi nazoratga olindi.  

Nazorat tadbirlari bilan birgalikda profilaktik tadbirlar ham davom ettirilmoqda. Hisobot davrida o‘tkazilgan 141 ta profilaktik tadbirlarda 1000 nafardan ziyod temir yo‘l korxonalari xodimlari va mas’ullari ishtirok etib, har bir xo‘jalik bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Inspektorlar faoliyat yuritadigan yo‘nalishlari bo‘yicha kerakli tavsiyalar berishdi. Tezyurar va yuqori tezlikdagi Toshkent-Samarqand-Qarshi va Maroqand-Buxoro uchastkalarida 24 marotaba profilaktik ishlar amalga oshirildi.

Filial xodimlari tomonidan olib borilayotgan tizimli ishlar natijasida harakat xavfsizligining buzilish holatlari sezilarli darajada kamaydi. Temir yo‘l transportida nuqson holatlariga yo‘l qo‘yish ko‘rsatkichi ham o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamaygan.

 “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati