Buxoro filialida dastlabki chorakda amalga oshirilgan ishlar
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi markaziy apparati va barcha filiallarida tasdiqlangan rejaga asosan nazorat va profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Jumladan, Buxoro filiali xodimlari tomonidan joriy yilning ortda qolgan uch oyi davomida 8 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, 433 ta kamchiliklar aniqlandi. Kamchiliklarning 184 tasi harakat xavfsizligiga xavf soluvchilaridir. Ehtimoliy xavflarni oldini olish va temir yo‘l xodimlarining bilim va malakasini mustahkamlash maqsadida 275 ta profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Mazkur tadbirlarning 33 tasi shaxobcha temir yo‘liga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarida tashkil etildi. Jami 1800 dan ziyod xodimlar har bir yo‘nalish bo‘yicha normativ hujjatlar mazmun-mohiyati va ulardagi yangiliklardan xabardor bo‘lishdi.
Tezyurar va yuqori tezlikdagi yo‘lovchi poezdlari harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida yuqori tezlikdagi Jizzax-Maroqand-Buxoro uchastkalarida hisobot davrida 48 marotaba profilaktika tadbirlari amalga oshirildi.
Har bir xo‘jalik bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktik ishlar natijasida temir yo‘l transportida nuqson holatlariga yo‘l qo‘yish holatlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli kamaydi.
Temir yo‘l kesishmalarida avtotransport haydovchilarning shoshma-shosharligi va qoidalarga amal qilmasligi natijasida 2 marotaba harakatdagi tarkib bilan avtomashinalarning to‘qnashuvi qayd etildi, hodisa bir insonning hayotdan erta ko‘z yumishi bilan yakunlandi. Shu o‘rinda haydovchilardan temir yo‘l kesishmalaridan o‘tayotganda qoidalarga qat’iy amal qilishlari lozimligini so‘rab qolamiz.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati