O‘quv seminari samarali bo‘ldi

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi markaziy apparati va filiallari xodimlari uchun Davlat tilida ish yuritish va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi imlo qoidalari bo‘yicha Transport vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Dilorom Jalolova ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi. Unda Davlat tilida ish yuritishdagi muhim jihatlarni o‘zida qamrab olgan metodik qo‘llanma slaydlar yordamida taqdimot ko‘rinishida yig‘ilganlarga batafsil ochib berildi.

Taqdimotda birinchi galda yozuvda tez-tez xatoliklarga duch keladigan so‘z va iboralar va ularni to‘g‘ri yozish qoidalari tushuntirildi. Tinish belgilari, jumladan chiziqchani qo‘llashda lotin va kiril alifbosidagi farqli jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi. Fonetik yozuv imlo qoidalariga muvofiq ayrim so‘zlarning o‘zak va ko‘shimchalaridagi o‘zgarishlar hisobga olinib, talaffuzga muvofiq yozilishida duch keladigan xatolar tahlil qilindi. “S” harfi mavjud so‘zlarni to‘g‘ri yozish qoidalari, bosh harflar imlosi bo‘yicha ham muhim tavsiyalar berildi.

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati