Aprel oyi uchun nazorat tadbirlari rejasi tasdiqlandi

 

«O‘ztemiryo‘lnazorat» inspeksiyasining aprel oyi uchun nazorat va profilaktik tadbirlar rejasi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub’ektlari uchun ma’muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6314-son Farmoniga asosan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlarni o‘tkazishga qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilishini oldini olish maqsadida profilaktika tadbirlari belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Shunga muvofiq,  joriy oy davomida 150 ta profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirlar davomida temir yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, ehtimoliy xavflarni oldini olish va temir yo‘l xodimlarini bilimlarini mustahkamlashga alohida urg‘u beriladi.  

Aprel oyida inspeksiya tomonidan faoliyati temir yo‘l bilan bog‘liq bo‘lgan 19 ta korxonada nazorat tadbirlari o‘tkaziladi. Inspeksiyaning markaziy apparati xodimlari "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatini tekshirishsa, filiallar o‘z hududlaridagi korxonalarda nazorat tadbirlarini o‘tkazishadi. Tekshirishlar yakuniga ko‘ra harakat xavfsizligiga xavf soluvchi kamchiliklar aniqlanganda kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida bajarilishi majburiy bo‘lgan tegishli ko‘rsatma kiritiladi. Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha rasmiy sahifalarimiz orqali xabardor bo‘lib borishingiz mumkin.   

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati