Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 

Majlisni ochib berarkan jamoatchilik kengashining raisi A.Kalimbetov inspeksiyada ochiqlik shaffoflikni ta’minlash, amalga oshirilgan ishlar bilan keng jamoatchilikni yaqindan tanishtirish maqsadida keng qamrovli ishlar qilinganini ta’kidlab o‘tdi. Inspeksiyaning hududiy filiallarida tadbirkorlik sub’ektlari vakillari bilan sayyor uchrashuvlar, turli seminarlar va OAV xodimlari ishtirokida brifinglar o‘tkazilganligini ijobiy baholadi.

Kengash kotibi F.Xayriddinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 6247-son Farmoni yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

Jumladan, Farmon talabiga asosan har chorakda ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumotlar inspeksiya rasmiy sayti va Ochiq ma’lumotlar portaliga belgilangan muddat va tartibda joylashtirib borilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, inspeksiya tomonidan 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili ham rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinganini bildirdi. Mazkur ma’lumotlar tahlili yuzasidan 2022 yil  30 mart sanasida AOKAda jonli efirda ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik uchun brifing o‘tkazilganini qayd etdi. 2022 yil 1-choragidagi ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumotlar Farmon talabidan kelib chiqib keyingi oyning (aprel) 25 sanasiga qadar inspeksiya rasmiy sayti va Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirilishi ta’kidladi.

Kengash a’zolari Farmon talabi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni  ko‘rib chiqib, ijobiy baholashdi. Shuningdek, bu boradagi ishlarni takomillashtirish borasida o‘z tavsiyalarini berishdi. Jumladan,   «O‘ztemiryo‘lnazorat» inspeksiyasi ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va boshqa  shakllarda jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida inspeksiya faoliyati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda so‘rovnoma o‘tkazish taviya qilindi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan ya’ni, Kengash tarkibidagi o‘zgarishlar yuzasidan A.Kalimbetov so‘zga chiqib, nomzodlarni e’lon qildi. Inspeksiyada uzoq yillar davomida samarali mehnat qilgan Mirsobit Jamolov va Irina Xrabrova nomzodi ilgari surildi. Nomzod jamoatchilik kengashi a’zoligiga bir ovozdan saylandi.

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati