Navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi

 

Bugun Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan muntazam ravishda tashkil etilayotgan siyosiy-ma’rifat soati vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklarining mas’ul vakillariga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning siyosiy, huquqiy bilim va malakalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Bugungi o‘quv soatida Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish (Yangi O‘zbekiston 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining to‘rtinchi yo‘nalishi mazmun-mohiyati), huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati), O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ma’lumot berildi.

 Shuningdek,  inspeksiyasida xodimlariga mart oyida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun mohiyati targ‘ibot materiallari - slayd, videoroliklar yordamida tushuntirildi. Jumladan, ishtirokchilar “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va  qarorlari bilan yaqindan tanishib olishdi.

 “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati