Vagon xo‘jaligi bo‘yicha tavsiyalar berildi

 

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining markaziy apparati va filiallarida nazorat tadbirlari bilan birgalikda profilaktik tadbirlar ham davom ettirilmoqda. Inspektorlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va shaxobcha temir yo‘liga ega tadbirkorlik sub’ektlarida har bir xo‘jalik bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishmoqda. Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini ta’minlash, ehtimoliy xavflarni oldini olishdan iboratdir.  

Inspeksiyaning Qashqadaryo filiali xodimlari tomonidan bugun Qumqo‘rg‘on stansiyasi Termiz vagon deposining Qumqo‘rg‘on vagonlarga texnik  xizmat ko‘rsatish bo‘limida navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi. Unda 2022 yilning o‘tgan ikki oyi davomida harakat xavfsizligi buzilish holatlari tahlil qilindi. Qayd etilgan kamchiliklar va ularga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, yuk va yo‘lovchi tashish vagonlari telejka qisimlari va  nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan tushuntirish berildi.

Seminar davomida tushgan savollarga batafsil javob berildi. Jumladan, Vagonlardan foydalanishda texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnoma talablari batafsil tushuntirildi.

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati