Toshkent filiali xodimlari tomonidan nechta profilaktik tadbirlar o‘tkazildi?

 

Fevral oyi davomida “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi Toshkent filiali xodimlari tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hamda shaxobcha temir yo‘liga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarida poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan 56 ta profilaktika tadbirlari o‘tkazildi va unda 306 nafar xodim ishtirok etdi. Yuqori tezlikdagi Toshkent-Samarqand-Qarshi-Kitob, Maroqand-Buxoro uchastkalarida 12 marotaba profilaktika tadbirlari amalga oshirilgan.

Filial xodimlari yakunlangan oy davomida temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish borasida 5 ta tekshiruv amalga oshirildi. Nazorat tadbirlari davomida 119 ta, shu jumladan 62 ta harakat xavfsizligiga xavf soluvchi kamchiliklar aniqlandi. Tekshirish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Filial xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida filial miqyosida 2022 yilning fevral oyida temir yo‘l transportida harakatlanish xavfsizligi buzilishlarining umumiy soni hamda nuqson holatlari  2021 yilning fevral oyiga nisbatan 20-25% ga kamaydi.   

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati