Qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi

 

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasida xodimlarning huquqiy bilimini mustahkamlash maqsadida bugun navbatdagi seminar o‘tkazildi. Unda fevral va mart oyi davomida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun mohiyati targ‘ibot materiallari - slayd, videoroliklar yordamida tushuntirildi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentininig “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari, “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va “Avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari hamda “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori to`g`risida batafsil to`xtalib o`tildi.

Shuningdek, inspeksiyada hafta davomida qabul qilingan ichki hujjat va chora-tadbirlarda belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

“O`ztemiryo`lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati