Profilaktik tadbirlar davomida manzilli huquqiy-targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Inspeksiyaning Orolbo‘yi hududiy filiali tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi Qo‘ng‘irot vagon deposida vagon xo‘jaligi bo‘yicha profilaktik tadbir tashkil etildi. Unda 2021 yil davomida temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini buzilish va nuqson holatlari tahlil qilinib, kamchiliklarning kelib chiqish sabablari va uni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi. “Vagonlardan foydalanishda texnik xizmat ko‘rsatish yo‘riqnomasi”ning talablari tushuntirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi. Ishtirokchilarga korrupsiya holatining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi ayovsiz kurashish barcha darajadagi rahbar va xodimlarining eng ustuvor vazifasi ekanligi eslatib o‘tildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori haqida batafsil maʼlumot berildi.
Inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha joriy etilgan “komplayens nazorat” tizimi haqida axborot berildi hamda mazkur tizimning samarali ishlashi umuman korrupsiyaga qarshi samarali kurashishda fuqarolarning ham bevosita ishtiroki lozimligi taʼkidlandi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati