Ayol borki olam munavvar!
Bugun “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tizimda nafaqat faoliyati, balki hayot tarzi bilan boshqalarga namuna bo‘layotgan inspeksiyaning ayol xodimlari rahbariyat va kasaba uyushmasi tomonidan munosib taqdirlandi.
So‘nggi yillarda respublikamizda ayollarga, ularning jamiyatda o‘zlarining munosib o‘rinlariga ega bo‘lishlari yo‘lida ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e’tibor natijasida xotin-qizlarimiz mamlakatimiz ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotining barcha jabhalarida faol. Inspeksiya tizimida faoliyat yuritayotgan 15 nafar ayollarimiz ham temir yo‘l, temir yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashdek sharafli va shu bilan birgalikda mashaqqatli kasb rivojiga munosib ulushlarini qo‘shib kelishmoqda.
Ta’kidlanganidek, ayollarimiz haqida nafaqat bayramlarda, balki har kuni har qancha gapirmaylik baribir ozdek tuyulaveradi. Tadbirda so‘z olganlar ushbu haqiqatni e’tirof etgan holda bayram sababchilariga o‘zlarining samimiy tilaklarini taqdim etishdi, qutlashdi.
Tadbirda davomida inspeksiyada uzoq yillar davomida faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh faxriylar – R.Kunarova, S.Bazarov, A.Islamov, A.Narxodjaevlar O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi Boshqaruv raisining Tashakkurnomalari bilan taqdirlanishdi. Ularning soha rivoji yo‘lidagi mehnatlari munosib e’tirof etildi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati