Inspeksiya xodimlarining huquqiy bilimlari mustahkamlanmoqda
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi xodimlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi yuristlar malakasini oshirish markazi bilan hamkorlikda “korrupsiya va komplayens nazorat” qisqa muddatli kurs bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Kurslar yuridik fanlar nomzodi, dotsentlar Rafik Shakurov hamda Shuxrat Raxmonov tomonidan olib borildi.
O‘quv kursida O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining mazmun-mohiyati, davlat organlari faoliyatida “komplayens nazorat” tizimi, korrupsiyaga qarshi xalqaro tajriba, mehnat jamoalarida manfaatlar to‘qnashuvi va ularni boshqarish hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik mavzularida maʼruza qilindi.
Ikki kunlik kurslar yakuni bo‘yicha tinglovchilarga tegishli sertifikatlar taqdim etildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kurslar davom ettirilishi rejalashtirilgan.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati