Buxoro filialida yuzdan ziyod profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi Buxoro filiali xodimlari tomonidan temir yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash, ehtimoliy xavflarni oldini olish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hamda shaxobcha temir yo‘liga ega tadbirkorlik subyektlarida 2022 yil yanvar oyi davomida 101 ta profilaktika tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlarda 729 nafar xodim ishtirok etdi. Seminar mashg‘ulotlarining 14 tasi shaxobcha temir yo‘llari vakillari ishtirokida o‘tkazildi.
Filial tomonidan tezyurar va yuqori tezlikdagi yo‘lovchi poyezdlari harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida yuqori tezlikdagi Jizzax-Maroqand-Buxoro uchastkalarida 12 marotaba profilaktika tadbirlari amalga oshirildi.
Har bir xo‘jalik bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktik ishlar natijasida temir yo‘l transportida nuqson holatlariga yo‘l qo‘yish o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga kamaydi, harakat xavfsizligi buzilish hollariga yo‘l qo‘yilmadi.
Afsuski, temir yo‘l kesishmalarida avtotransport haydovchilarning shoshma-shosharligi va qoidalarga amal qilmasligi natijasida 1 marotaba harakatdagi tarkib bilan avtomashinalarning to‘qnashuvi qayd etildi. To‘qnashuv bir insonning hayotdan erta ko‘z yumishi bilan yakunlandi. Temir yo‘l atrofida istiqomat qiluvchi va temir izlarni kesib o‘tuvchi barcha aholiga kesishmalarda ehtiyot bo‘lishlari lozimligini, kichik eʼtiborsizlik fojiali yakunlanishi mumkinligini har doim yodda tutishlarini so‘rab qolardik.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati