O‘quv seminarida qaysi normativ hujjatlar mazmun mohiyati tushuntirildi?

 

Inspeksiyaning Qashqadaryo hududiy filialida nazorat tadbirlari bilan birgalikda har bir xo‘jalik bo‘yicha profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Termiz lokomotiv brigadalari bilan birgalikda o‘tkazilgan navbatdagi seminarda temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini taʼminlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

Dastlab "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati hamda vazirlik va idoralarga qarashli temir yo‘llarda 2021-yil va 2022-yilning yanvar oyi davomida yo‘l qo‘yilgan harakat xavfsizligi buzilish holatlari tahlil qilinib, kelib chiqish sabablari muhokama qilindi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va takrorlamaslik yuzasidan tavsiyalar berildi.

Seminar davomida stansiya yo‘llarida manyovr tarkibi va manyovr bajaruvchi lokomotiv xavfsizligining umumiy talablari, lokomotivlar va motorvagon harakat tarkibiga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni taʼmirlash yuzasidan tushuntirishlar berildi. Tormoz uskunalari va avtotirkama qurilmalaridan foydalanish bo‘yicha ham batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Ishtirokchilar sohaga doir qonunchilik hujjatlari va ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha ham muhim maʼlumotlarga ega bo‘lishdi. Jumladan, "O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari" hamda  "Texnik jihatdan foydalanishda temir yo‘l transporti xavfsizligi to‘g‘risida"gi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida" gi qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati