Profilaktika ishlari reja asosida davom etmoqda
Inspeksiyaning Orolbo‘yi hududiy filiali bosh inspektorlari tomonidan rejaga asosan Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli tasarrufidagi korxonalarida va idoraviy shaxobcha temir yo‘llariga ega tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari olib borilmoqda.
Beruniy stansiyasida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda signallashtirish va aloqa xo‘jaligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Seminarda qatnashgan signallashtirish va aloqa xo‘jaligi xodimlari ishtirokida Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzelida 2022-yil yanvar oyida harakat xavfsizligida yo‘l qo‘yilgan nuqsonli ishlar sabablari muhokama qilindi va mazkur holatlarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida joylashgan temir yo‘l kesishmalarida ro‘y bergan harakatlanuvchi tarkib bilan avtotransport vositalarining to‘qnashuvi holatlari tahlil qilindi. Avtomatik kesishma signalizatsiyasi qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlari tushuntirildi va tavsiyalar berildi.
Seminar mashg‘ulotlari davomida temiryo‘lchilar sohaga oid qonunchilik hujjatlari bilan ham tanishtirilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati