2021-yil sarhisobi

 

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi tomonidan 2021 yilda temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini taʼminlash borasida tasdiqlangan rejaga muvofiq nazorat va profilaktik tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, faoliyati temir yo‘l transporti bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish (PF-5490 bo‘yicha tekshiruvlar) bo‘yicha “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi tomonidan 2021 yilning 12 oyida 235 ta (2020 yilning shu davrida 89 ta (+146)) tekshiruvlar amalga oshirilgan.

Tekshiruvlar jarayonida temir yo‘l sohasida yuk va yo‘lovchi tashish xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha temir yo‘ldan foydalanish qoidalari va normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilganligi yuzasidan jami 13 191 ta (2020 yil 7 878 ta (+5 313)) kamchilik aniqlangan bo‘lib, shundan xavfsizlikka tahdid soluvchi kamchiliklar 4520 tani (2020 yil 3020 ta (+1 500)) tashkil etadi.

Tekshirish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tadbirkorlik subyektlariga taqiqlovchi choralarni belgilovchi ko‘rsatmalar berilgan.

Bundan tashqari, 2021 yilning 12 oyi davomida o‘tkazilgan tekshiruvlarda tadbirkorlik subyektlarida litsenziya mavjudligi tekshirilgan, tekshiruvlarda 29 ta tadbirkorlik subyektida litsenziya mavjud emasligi aniqlangan.

2021-yilning 12 oyi davomida Inspeksiya tomonidan berilgan ko‘rsatmalardagi 4520 ta kamchilikdan 4310 ta kamchiliklar bartaraf etilishi taʼminlangan.

Inspeksiya tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan berilgan ko‘rsatmalarga asosan korxona va tashkilotlarning shoxobcha temir yo‘llarida (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJdan tashqari) quyidagi o‘zgarish va ijobiy natijalarga erishilgan:

54,3 km temir yo‘l kapital taʼmirlangan;

237 komplekt strelkali o‘tkazgichlar almashtirilgan;

816 dona kapital vagon taʼmirlangan;

296 dona yangi vagon xarid qilingan;

92 dona lokomotiv kapital taʼmirlangan;

9 dona lokomotiv xarid qilingan;

132 825 dona shpal va 113,9km rels almashtirilgan.

Inspeksiya ko‘rsatmasi bilan temir yo‘l transporti bilan bog‘liq xodimlarning malakasi muntazam ravishda oshirib kelinmoqda. 2021 yilning 12 oyi davomida 146 nafar xodimni bilimlari qayta sinovdan o‘tkazilishi uchun navbatdan tashqari attestatsiyaga yuborish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Temir yo‘l transporti korxonalari va tashkilotlari tomonidan temir yo‘llarda poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlashga va temir yo‘lda tashishlar xavfsizligini taʼminlaydigan texnik vositalarning ishonchliligini oshirishga qaratilgan kompleks profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha 2021 yilning 12 oyi davomida Inspeksiya tomonidan temir yo‘l transporti xavfsizligini taʼminlash va texnik vositalarning ishonchliligini oshirishga qaratilgan 5 355 ta (2020 yilning shu davrida 3910 ta(+1445)) profilaktika tadbirlari o‘tkazilgan.

Profilaktika tadbirlarida jami 30256 nafar (2020-yil 20720 nafar (+9536)) temir yo‘l tashuvlari bilan bevosita bog‘liq ishchi xodimlar ishtirok etgan va ular bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.

Temir yo‘llarda tashishlar xavfsizligini taʼminlashga oid normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda ularni takomillashtirishga doir takliflar kiritish bo‘yicha 2021 yilning 12 oyi davomida Inspeksiya tomonidan jami 6 ta temir yo‘llarda tashishlar xavfsizligini taʼminlashga oid normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 11 ta (2020 yilning shu davrida  5 ta (+6)) temir yo‘l transportida xavfsizlikni taʼminlashga oid normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ishlab chiqilgan.

Shu jumladan, mavjud muammoli masalalarni bartaraf etish bo‘yicha inspeksiya tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksni “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasiga maʼmuriy taʼsir chorasini qo‘llash huquqini beruvchi yangi modda bilan to‘ldirish maqsadida Inspeksiya tomonidan “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqildi;

Inspeksiyani ichki idoraviy texnologik tashishlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan idoraga mansub shoxobcha temir yo‘llar va harakatdagi temir yo‘l tarkibini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali hisobga olish va davlat reyestrini yuritish bo‘yicha yagona vakolatli organ etib belgilashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ““Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur Qonun va qaror loyihalari bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.

O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati