Aloqa va signallashtirish xo‘jaligi bo‘yicha profilaktik tadbirlar qanday o‘tdi?

 

Inspeksiyaning Farg‘ona hududiy filiali xodimlari nazorat tadbirlari bilan birgalikda profilaktik tadbirlarni ham davom ettirishmoqda. Aloqa va signallashtirish xo‘jaligi bo‘yicha o‘tkazilgan “Savay” stansiyasidagi seminarda dastlab “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi korxonalarda 2021 yilda harakat xavfsizligi buzilish holatlari batafsil tahlil qilindi. Ushbu holatlarni qayd etilishiga zamin yaratgan omillar va uni bartaraf etish uchun qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Nazariy mashg‘ulotlar amaliyotda bilan uyg‘un holda davom ettirildi. Temir izlarda strelkali o‘tkazgichlar, svetoforlar, rels zanjirlarining qoida va yo‘riqnoma asosida ishlashini taʼminlash va texnik jarayonlarni sifatli bajarilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.  

SHCh-4 Qo‘qon korxonasidagi seminar yig‘ilishi ham temir yo‘l xodimlari uchun samarali bo‘ldi. Unda Aloqa va signallashtirish xo‘jaligi bo‘yicha yo‘riqnoma talablari tushuntirildi. Temir yo‘l va transport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati tushuntirildi hamda va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Nuqson holatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha tushuntirish berildi.

 O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati