Profilaktik tadbirda qanday tavsiyalar berildi?

 

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi markaziy apparati va filiallari tomonidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda. Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli tasarrufidagi Yuk vagonlarini taʼmirlash deposida tashkil etilgan seminarda harakat xavfsizligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. 20 nafardan ziyod temir yo‘l xodimi ishtirok etgan tadbirda 2021 yil davomida temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini buzilish va nuqson holatlari tahlili qilinib, kelib chiqish sabablari va uni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llardan foydalanish, texnik, reglament, Signalizatsiya, harakat va manyovr ishlari bo‘yicha yo‘riqnoma yuzasidan batafsil maʼlumot berilib, amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, shaxobcha yo‘liga xizmat ko‘rsatish, harakatni hamda manyovr ishlarini tashkil qilish yo‘riqnoma talablari to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.

Yuk vagonlarini taʼmirlashda normativ-texnik hujjatlar talablari, g‘ildirak juftliklari, vagon aravalari, avtobrikmalar, tormoz jihozlari, vagon yig‘ish bo‘limi texnologik jarayonlari talablarini bajarilishi to‘g‘risida tushgan savollarga batafsil javob berildi.

O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati