Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid murojaat!

Inspeksiya boshlig‘i D.Axmedovning xodimlar va jamoatchilik uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga oid murojaati!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-son farmoni ijrosini ta’minlash hamda inspeksiya tizimida korrupsiyaga  qarshi ichki nazorat tizimini joriy etishning ustuvor vazifalarini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ishlab chiqilib tavsiya etilgan, inspeksiyada korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etuvchi ichki idoraviy hujjatlar ishlab chiqilib qabul qilingan.

Jumladan, inspeksiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Siyosati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash Uslubiyoti, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha Nizom, aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy hatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish Reglamenti, etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha, kontragentlarni tekshirishga oid va ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo‘yicha Yo‘riqnomalar, Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish Uslubiyoti, korrupsiyaga qarshi kurash tizimining holati to‘g‘risidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish bo‘yicha Nizom hamda korrupsiyaviy hatti-xarakatlari va odob-axloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazish bo‘yicha Reglamenti tegishli buyruqqa muvofiq tasdiqlandi.

 Inspeksiyasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyotiga muvofiq korrupsiyaviy xavf-xatarlarning birlashgan xaritasi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur ishlab  chiqildi va tasdiqlandi.

Shuningdek, korrupsiya xavf – xatariga eng ko‘p duch keladigan davlat xizmatchilarning faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning ro‘yxati shakllantirildi.

Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlab  chiqilib tasdiqlangan dasturda korrupsiyaviy xavf – xatarlarni minimallashtirishga qaratilgan  tegishli choralarlar belgilab olindi.

Yuqoridagi ichki idoraviy hujjatlar talablari egallab turgan lavozimi va bajarayotgan funksiyasidan qat’iy nazar inspeksiyaning barcha xodimlari uchun birdek amal qilishi belgilab qo‘yilgan va majburiydir.

Shundan kelib chiqib, barcha xodimlarni yana bir bor ogohlantiraman va talab qilaman – korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan yuqoridagi hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishsin va muntazam ravishda amal qilishsin.  

D.Axmedov
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiya boshlig‘i