Normativ hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirildi
Bugun inspeksiyaning markaziy apparati va filial xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi. Xodimlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda joriy yil yanvar oyi davomida qabul qilingan muhim qonun hujjatlari mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 245 va 245-8-moddalariga o‘zgartishlar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlari va boshqa normativ huquqiy hujjatlarga batafsil to‘xtalib o‘tildi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyaning ichki hujjatlari to‘g‘risida ham tushuntirish va tavsiyalar berildi. Inspeksiyada korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyotiga muvofiq korrupsiyaviy xavf-xatarlarning birlashgan xaritasi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur, korrupsiya xavf – xatariga eng ko‘p duch keladigan davlat xizmatchilarning faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning shakllantirilgan ro‘yxati bo‘yicha maʼlumot berildi.
Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturda korrupsiyaviy xavf – xatarlarni minimallashtirishga qaratilgan tegishli choralarlar belgilanganligi taʼkidlandi. Mazkur chora-tadbirlarni belgilangan tartibda va muddatda amalga oshirish lozimligi va bu orqali erishiladigan natijalar borasida tushuntirish berildi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati