Yo‘riqnoma talablari tushuntirildi

 

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining markaziy apparati va barcha filiallarida temir yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlanishi nazorat qilish bilan birgalikda profilaktik tadbirlar ham davom ettirilmoqda. Har bir xo‘jalik bo‘yicha o‘tkazilayotgan seminar mashg‘ulotlari temir yo‘l korxonasi xodimlarning bilim va malakalarini mustahkamlash barobarida ehtimoliy xavflarni oldini olish bilan ham ahamiyatlidir.

Jumladan, inspeksiyaning Qashqadaryo filiali tomonidan  Tanxoz stansiyasida Qarshi vagon deposining Tanxoz vagonlarni yuk ortishga tayyorlash bo‘limi xodimlari ishtirokida profilaktik ishlar o‘tkazildi. Unda vagonlardan foydalanishishda texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnoma talablari batafsil tushuntirildi. Shuningdek, 2021 yil davomida harakat xavfsizligi buzilish holatlari va yo‘l qo‘yilgan nuqsonlar tahlil qilindi. Kamchiliklarni bartaraf etish va takrorlamaslik yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati