Profilaktik tadbirlarda temiryo‘lchilar bilimi mustahkamlanmoqda

 

 2022-yil rejasiga asosan Toshkent filiali xodimlari tomonidan ҳаракат xavfsizligi buzilishi holatlarini oldini olish maqsadida seminar mashg‘ulotlari belgilangan tartibda o‘tkazilmoqda. Toshkent viloyati, Aranchi stansiyasi ECHK-3 korxonasida tashkil etilgan seminarda yakunlangan yil davomida qayd etilgan ҳаракат xavfsizligini taʼminlashdagi nuqson holatlari va ularni keltirib chiqargan sabablar tahlil qilindi. Nuqson holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ҳаракат xavfsizligini taʼminlashda nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi yuzasidan tavsiyalar берилди.

Shuningdek, Elektrlashtirilgan temir yo‘llarda kontakt tarmog‘i qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari yo‘riqnomasi tushuntirildi, Elektrlashtirilgan temir yo‘llarda foydalaniladigan qurilmalar bilan ishlash qoidalari hamda ularni davriy sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida batafsil tushuntirish берилди. Seminar ishtirokchilaridan tushgan savollarga amaldagi qonunchilikka asosan javob берилди.

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati