Elektr taʼminoti xo‘jaligi bo‘yicha seminar o‘tkazildi

 

Inspeksiyaning profilaktik tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan rejasiga asosan tadbirlar davom ettirilmoqda. Jumladan, Qashqadaryo filialida Elektr taʼminoti xo‘jaligi bo‘yicha seminar tashkil etildi.  Qumqo‘rg‘on stansiyasi ECHK-34  korxonasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan profilaktik tadbirda dastlab 2021 yil davomida harakat xavfsizligi buzilish holatlari tahlil qilindi. Har bir holatning kelib chiqish sabablari va oqibatlari muhokama qilindi. Harakat xavfsizligi buzilishiga olib kelgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Temir yo‘l transportidagi normativ hujjatlardagi yangiliklar, o‘zgarish va qo‘shimchalar mazmuni tushuntirildi va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Kontakt tarmog‘ida kompensatsiyalovchi qurilmaning vazifalari va texnik xizmat ko‘rsatishda quyilgan talablar batafsil tushuntirildi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi. Shuningdek, Elektrlashtirilgan temir yo‘llarda kontakt tarmog‘i qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.  

O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati