Qashqadaryo filialida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar
Inspeksiyaning boshqa filiallari qatori Qashqadaryo filialida ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, filial bosh inspektorlari har bir xo‘jalik bo‘yicha harakat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan 205 nafar xodimlar ishtirokida 26 marotaba seminar-profilaktik tadbirlar o‘tkazishdi. Unda temir yo‘l transportiga oid normativ hujjatlardagi yangiliklar va qo‘shimchalar haqida axborot berildi. Inspeksiya tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar mazmun mohiyati ham tushuntirildi.
Qashqadaryo filiali xodimlari tomonidan “Maroqand-Qarshi-Kitob” yuqori tezlikda harakatlanadigan temir yo‘l uchastkasida dekabr oyi davomida 24 marotaba profilaktika ishlari o‘tkazildi. Olib borilgan profilaktik ishlar davomida 66 nafar xodim qatnashdi. Ehtimoliy kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik va oldindan bartaraf etish bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan inspeksiya boshlig‘ining tasdiqlangan rejasiga ko‘ra Qarshi, Termiz vokzallarida profilaktik ishlar o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor va samarali chora-tadbirlar ishlab chiqilishi bo‘yicha bayonnoma taqdim etildi va nazoratga olindi.
Qarshi, Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli korxonalarda harakat xavfsizligini taʼminlash borasida xavf tug‘diradigan kamchiliklar va nosozliklar aniqlanib, o‘z vaqtida bartaraf etildi. Harakatlanuvchi tarkiblarni, ularga xizmat ko‘rsatish, taʼmirlash va ulardan foydalanish, texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlarning bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilindi.
Qashqadaryo filiali hududidagi Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida joylashgan temir yo‘llarda hamda temir yo‘l transporti sohasi bo‘lgan barcha yuridik shaxslarda kompleks profilaktika tadbirlari o‘tkazildi va tegishli maʼlumotlar shakllantirildi.
“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati