Rejaga asosan profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Inspeksiyaning Buxoro filiali inspektorlari tomonidan Buxoro-1 temir yo‘l bekatidagi yuk poyezdlarni jo‘natish parki PTO-3 yuk vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish maskanida profilaktika ishi o‘tkazildi. Dastlab, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida 2021 yilning 12 oyi davomida harakat xavfsizligini buzilish holatlari tahlil qilindi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni takrorlamaslik va ehtimoliy xavflarni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Korxona ishchilarining huquqiy bilimini mustahkamlash maqsadida, sohaga oid normativ hujjatlar mazmun mohiyati tushuntirildi. Jumladan,“Yuk vagonlari tormoz qismini taʼmirlash umumiy qo‘llanmasi”ning talablari tushuntirildi.   

“Vagonlardan foydalanishda texnik xizmat ko‘rsatish yo‘riqnomasi”ning talablari bevosita joyiga chiqqan holda amaliy mashg‘ulot sifatida ko‘rsatib o‘tildi va tushuntirishlar berildi. Buxoro-1 temir yo‘l bekatida vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish maskani rahbariyatiga statsionar havo beruvchi uskunasining ikkita havo ulash yengi ishlatishdan olib qo‘yish tavsiya qilindi. Aksariyat kamchiliklar joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy oy davomida “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi xodimlari tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va shaxobcha temir yo‘llariga ega tadbirkorlik subyektlarida 300 dan ziyod profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi
Axborot xizmati